Balki
Шахзода
Текст песни
Xayolimga kelmagan bu
Kunlar bizni etmoqdalar harob.
Yetti uxlab ko`rmaganman bu
Tushlarim o`ngga aylandi shu on.
Nima bo`lsa bo`lsin, mayli,
Tugasa ham sevgi sayli.
O`y-ruhan bo`lsa hamki baxtli,
Birgamiz abadiy.
Balki bu taqdir ishi,
Balki bu baxtning qishi.
Balki keladi takror
O`sha biz kutgan bahor,
Balki qoldik yanglishib.
Balki bu yolg`onchi kun,
Balki bu ertak yoki afsun.
Unutilib bu bari,
Balki bo`larmiz hali biz Layli-Majnun.
Tugaguncha bor umrimiz,
Har on taqdir sinovidadirmiz.
Bahor, yozin kuzatib kuz
To`kar baxt bog`iga xazon, afsus.
Oz bo`lsa ham, birga baxtli
Kunlar o`tdi muhabbatli.
Garchi ruhan bo`lsa hamki,
Birgamiz abadiy.
Balki bu taqdir ishi,
Balki bu baxtning qishi.
Balki keladi takror
O`sha biz kutgan bahor,
Balki qoldik yanglishib.
Balki bu yolg`onchi kun,
Balki bu ertak yoki afsun.
Unutilib bu bari,
Balki bo`larmiz hali biz Layli-Majnun.
Тексты других песен исполнителя
© 2017–2025
Тексты
песен
Все тексты песен на сайте размещены пользователями, редакцией или собраны из открытых источников.
При копировании материалов ссылка на сайт обязательна.
Уважаемые обладатели прав на музыку! На сайте не выкладывается музыка, ее нельзя скачать, послушать
и тому подобное.