Текстов песен в базе: 1 278 222
Zo'r Musiqa

Zo'r Musiqa

Zohid

Текст песни

Kerak emas zo`r musiqa
Senga hislarimni yetkazishim uchun.
Shu qo`shiq bo`lsin xotira
Shirin damlarimiz eslatish uchun.
Eslatish uchun, eslatish uchun…
Taqdir xohlamadi birga bo`lishimizni ikkimizni,
Aybim sevganimmi yoki uchratganimmi?
Senga o`rganib qolibman, o`zgarib qoldim man,
Sezdim – o`zgarib qolibman oldingi holimdan.
Endi bir-birimizga yeta olmaymiz,
Uchrasholmaymiz, ko`risholmaymiz,
Sog`inchlarimiz davosiz.
Seni qanchalar qattiq sevar edim,
Lek ko`zlaringga aytmas edim,
Yakun topishin bilmas edim.
Kerak emas zo`r musiqa
Senga hislarimni yetkazishim uchun.
Shu qo`shiq bo`lsin xotira
Shirin damlarimiz eslatish uchun.
Nolalarim yetib borsin senga,
Sog`inganim yetkazsin o`zingga.
Eslatib qo`ysin – unutganim yo`q hamon,
Balki endi unutmayman hech qachon.
Kerak emas zo`r usul yo musiqa,
Eng keragi – yengib o`tilsa bo`ldi to`siqlar.
Eng keragi shu, so`zlarim sanga yetib borsa bas,
Faqat dallol kerak emas.
Kerak emas zo`r sayqal oddiy so`zlarga,
Yurakdan sevganlari tushunib olishga ega.
Oradan qancha vaqtlar o`tsa ham,
San mani yuragimda qolding bir umrga.
Endi bir-birimizga yeta olmaymiz,
Uchrasholmaymiz, ko`risholmaymiz,
Sog`inchlarimiz davosiz.
Seni qanchalar qattiq sevar edim,
Lek ko`zlaringga aytmas edim,
Yakun topishin bilmas edim.
Kerak emas zo`r musiqa
Senga hislarimni yetkazishim uchun.
Shu qo`shiq bo`lsin xotira
Shirin damlarimiz eslatish uchun.
Поделиться ссылкой:
Короткая ссылка: https://tekstpesni.ru/s/hEd

Тексты других песен исполнителя

© 2017–2025 Тексты песен
Все тексты песен на сайте размещены пользователями, редакцией или собраны из открытых источников.
При копировании материалов ссылка на сайт обязательна.
Связаться
Уважаемые обладатели прав на музыку! На сайте не выкладывается музыка, ее нельзя скачать, послушать и тому подобное.