Текстов песен в базе: 1 278 222
Yaxshi ko'rardim

Yaxshi ko'rardim

G'aybulla Tursunov

Текст песни

Qadrini bir pulga sotgan odamlar,
Mehrini chetlarga otgan odamlar,
Tubi yo`q botqoqga botgan odamlar,
Axir men sizlarni yaxshi ko`rardim.
Ibodat ichinda duolar qilib,
Yurardim sizlarni do`st deya bilib,
Ketdingiz ko`zimga yoshlarni ilib,
Axir men sizlarni yaxshi ko`rardim.
Yaxshi ko`rardim, jonim berardim,
Jondan kechardim sizni deb, do`stlarim.
Yaxshi ko`rardim, jonim berardim,
Jondan kechardim sizni deb, do`stlarim.
O`lmasingdan turib kafan bichsalar,
Do`stingman, deb yolg`on qasam ichsalar,
Qadahda may deb, zahar bersalar,
Axir men sizlarni yaxshi ko`rardim.
O`lmasingdan turib kafan bichsalar,
Do`stingman, deb ortdan pichoq sanchsalar,
Qadahda may deb, zahar bersalar,
Men sizlarni axir yaxshi ko`rardim.
Yaxshi ko`rardim, jonim berardim,
Jondan kechardim sizni deb, do`stlarim.
Yaxshi ko`rardim, jonim berardim,
Jondan kechardim sizni deb, do`stlarim.
Kun kelib men uchun ham tonglar otadi,
Ertaga ne bo`lishin Alloh biladi,
Hayot goh achchiq, goh shirin bo`ladi,
Axir men sizlarni yaxshi ko`rardim.
Yaxshi ko`rardim, jonim berardim,
Jondan kechardim sizni deb, do`stlarim.
Yaxshi ko`rardim, jonim berardim,
Jondan kechardim sizni deb, do`stlarim.
Yaxshi ko`rardim, jonim berardim,
Jondan kechardim sizni deb, do`stlarim…
Поделиться ссылкой:
Короткая ссылка: https://tekstpesni.ru/s/frK
© 2017–2025 Тексты песен
Все тексты песен на сайте размещены пользователями, редакцией или собраны из открытых источников.
При копировании материалов ссылка на сайт обязательна.
Связаться
Уважаемые обладатели прав на музыку! На сайте не выкладывается музыка, ее нельзя скачать, послушать и тому подобное.